Sport | 20:07 / 06.08.2020
3299
2 daqiqa o‘qiladi

Valtteri Bottas “Formula-1”ning Mercedes jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

“Formula-1” avtopoygalarida ishtirok etuvchi Mercedes jamoasi finlyandiyalik poygachisi Valtteri Bottas bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Shartnoma 2021 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Foto: Getty Images

Bottas 2017 yilda Mercedes a'zosiga aylangan. U bu jamoa poygachisi sifatida 8 ta poygada g‘alaba qozongan, 39 marta podiumga ko‘tarilgan.

“Oxirgi yillarda men muntazam rivojlanib bordim. Ishonchim komilki, hozirda eng yuqori darajaga erishdim, birok mukammallikning chegarasi yo‘q. Mercedes  ham shunday falsafaga egaligidan xursandman”, deb aytgan Bottas.

Poygachining aytishicha, u doimo chempionlik uchun kurashgan. “Bu yil ham chempionatda g‘oliblik uchun kurashmoqdaman. Keyingi mavsum ham har bir poygada bor mahoratimni ishga solishda davom etaman”, deb aytgan poygachi. 

Bottas Mercedes’ga o‘tishdan oldin Williams jamoasi uchun ishtirok etgan. U bu jamoa uchun 2013 yilda debyut qilgan. 

Joriy mavsumda poygachi 58 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Chempionatda 88 ochko bilan Bottasning jamoadoshi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton yetakchilik qilmoqda. Xemilton o‘z shartnomasini keyingi mavsum uchun hali uzaytirmagan.

Mavzuga oid