Jahon | 19:57 / 07.08.2020
13543
2 daqiqa o‘qiladi

Bayrutdagi portlashga bomba yoki raketa zarbasi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda

 Livan prezidenti Mishel Aun Fransiya prezidentidan havoda samolyot yoki raketa bo‘lganligini aniqlash uchun aerofotosuratlarni taqdim etishni so‘ragan.

Foto: Marwan Tahtah / Getty Images

Livanda Bayrut portidagi portlash bo‘yicha uchta taxmin o‘rganilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Mishel Aun ma'lum qildi.

 Aunning qayd etishicha, portlashning aniq sabablari hozircha aniqlanmagan, ammo taxminlardan biriga ko‘ra, «tashqaridan aralashuv ehtimoli mavjud». Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayrutdagi portlash bomba yoki raketa zarbasi natijasi bo‘lishi ham mumkin.

«Men Fransiya prezidentidan havoda samolyot yoki raketa bo‘lganligini aniqlash uchun aerofotosuratlarni taqdim etishni shaxsan so‘radim», — dedi Aun.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda Fransiya tomoni suratlarni taqdim eta olmasa, Livan hukumati yordam so‘rab boshqa mamlakatlarga murojaat qiladi.

 Prezidentning qayd etishicha, portlash shuningdek, e'tiborsizlik yoki baxsiz hodisa natijasida yuz berganligi taxmin qilinmoqda. 

 Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar yetdi, 5 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 130dan ortig‘ining jasadi topildi.

Livan kuchishlatar idoralari ma'lumotiga ko‘ra, dengiz portidagi omborda saqlanayotgan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi buzilgani sababli portlash sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid