43 mingdan ortiq talaba o‘qishni ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha ariza berdi
Shundan 30 mingi – O‘zbekistondagi davlat OTMlari bilan bog‘liq.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha kelib tushgan arizalar yuzasidan ma'lumot berdi.
«O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha bizda amaldagi tartib bor: Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori. Shu qarorda belgilangan muddatda, ya'ni 15 iyuldan 5 avgustgacha hujjatlar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.
43 mingdan ortiq talaba ariza bilan murojaat qilgan. Shundan 13 mingi xorijdagi oliy ta'lim muassasalari va respublikadagi xorijiy va xususiy ta'lim muassasalari, qolgan qismi O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha kelib tushgan.
5 avgustgacha hujjat topshirmagan fuqarolar dekabr oyida va keyingi yil yozda hujjatlarni topshiradi. Agar ariza bilan murojaat qilib, arizasi ko‘rilmagan yoki qandaydir muddatda turgan bo‘lsa, bu albatta ko‘rib chiqiladi», – dedi vazirlik vakili 10 avgust kuni matbuot anjumanida.
Avvalroq, qanday hollarda xorijda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirilmasligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
21:42 / 22.12.2024
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
17:27 / 12.08.2024
O‘qishni ko‘chirish testlarida qatnashishga 44 mingga yaqin talabgorga ruxsat berildi
23:35 / 13.07.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
18:02 / 17.04.2024