Light | 16:30 / 11.08.2020
19872
3 daqiqa o‘qiladi

Haroratni tushirish, ishtaha ochish – teshik dalachoy qaynatmasining foydalari haqida

Teshik dalachoy (dalachoy) o‘simligi sariq, yulduz shaklida bo‘lib, yuz yillardan buyon shifobaxsh giyoh sifatida foydalaniladi. Dalachoy yog‘i terini tozalashda juda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, uning qaynatmasidan depressiyani yo‘qotish va bir qator kasalliklarni davolashda foydalansa bo‘ladi.

Foto: hthayat.haberturk.com

Teshik dalachoy qaynatmasining foydalari:

– asablarni tinchlantirib, psixologik buzilishlarning oldini olishda qo‘l keladi;

– stressdan chiqishda, stress ta'siridagi uyqu buzilishlarini yaxshilashda yordamlashib, uyqusizlikni yo‘qotadi;

– teri hujayralarini tiklashga yordam beradi, yuz va teridagi husnbuzarlardan qolgan dog‘larni ketkazishda ham qo‘l keladi:

– tanadagi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashib, tanada uchraydigan turli yallig‘lanishlarning yo‘qolishini ta'minlaydi;

– hazm tizimini me'yorga solib, ishtahani ochishda yordamlashadi;

– qalqonsimon bez gormonlarini me'yorga soladi;

– dalachoy tabiiy og‘riq qoldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Mushaklar og‘rig‘ini qoldiradi;

– saraton hujayralarining ko‘payib ketmasligini ta'minlaydi;

– gripp va shamollashda balg‘am tez ajralishiga yordam beradi;

– bosh og‘rig‘ini pasaytirib, isitma tushirishda qo‘l keladi.

Teshik dalachoy qaynatmasi qaday tayyorlanadi?

1 stakan qaynagan suvga ikki choyqoshiq quritilgan dalachoy solinadi. 10 daqiqadan so‘ng sovuq yoki issiq holda ichish mumkin.

Qancha muddat iste'mol qilib yursa bo‘ladi?

Teshik dalachoy qaynatmasini 4-6 hafta davomida 1 kunda 1 stakan miqdorda ichib yurish mumkin. Orada 2 hafta tanaffus qilib, yana ichishda davom etsa bo‘ladi.

Quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:

– homilador va homiladorlikka yaqin turgan ayollarga;

– diqqat yetishmasligidan aziyat chekadigan, haddan tashqari harakatchan bo‘lgan, shizofreniyaga chalingan insonlar, shuningdek, Alsgeymer (xotira yo‘qolishi) kasalligi mavjud insonlarga;

– depressiyaga qarshi dorilar, qonni suyultiruvchi, astmani davolaydigan dorilar ichayotgan odamlarga;

– behushlikka olib boradigan jarrohlik amaliyotlaridan ikki hafta oldin  choyni ichishni to‘xtatish kerak.

Choyni tanaffussiz va aytilgan muddatdan ko‘p ichish bosh og‘rig‘i, aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi, terida toshmalarni paydo qilishi mumkin.

Mavzuga oid