3886 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma'muriy jarimalar qo‘llanildi - Mehnat vazirligi
Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga joriy yilning 6 oy davomida 12 293 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, shundan 6 498tasi qanoatlantirilgan, 5 241tasiga tushuntirish berilgan, 346tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 208tasi ko‘rilmasdan qoldirilgan.
Murojaatlarni xususiyatlari bo‘yicha 3 886ta nafari oylik ish haqlari va boshqa to‘lovlar to‘lanmasligi, 1 295ta noqonuniy ishdan bo‘shatilishi, 414ta ishga qabul qilishda qonun buzilishi, 388ta ishga qabul qilishda rad etilishi, 336ta norasmiy ishlatilishi, 335ta ish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha qonun buzilishi, 36ta majburiy mehnat, 34ta mehnat sharoitlari yaratilmaganligi va 5 569ta boshqalarni tashkil etadi.
Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 3 462ta yozma ko‘rsatmalar va 75ta taqdimnomalar kiritildi, 3 886 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma'muriy jarimalar qo‘llanildi.
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi, o‘zining shaxsini oshkor qilmasdan ma'lumot berish imkoni bo‘lgan ijtimoiy tarmoqda dmi.mehnat.uz sayti, qisqa raqamli “1176” ishonch telefon va @mehnathuquqbot telegram tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tarmoqqa jami 2 737ta murojaatlar va xabarlar kelib tushdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024
Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
20:43 / 14.11.2024