O‘zbekiston | 23:15 / 13.08.2020
5162
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy OTMga hujjat topshirgan, ammo ro‘yxatdan o‘tmagan nomzodlarga qo‘shimcha imkoniyat berildi

Oliy harbiy ta'lim muassasalari qabul komissiyasining dastlabki tanlash bosqichida ijobiy baholangan, Davlat test markazi bazasiga kiritilgan, ammo kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan talabgorlarga 2020/21 o‘quv yili qabulida test sinovlarida ishtirok etish uchun uch kun ichida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Dalat test markazidan ma'lum qilishlaricha, Davlat qabul komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq, talabgorlar oliy harbiy ta'lim muassasasi va mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga 16 avgustga qadar (16 avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ushbu jarayonda tizimida oliy harbiy ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari dastlabki tanlash bosqichida ijobiy baholangan, ammo kirish test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan talabgorlarga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini tanlash va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun operativ tarzda xabar yetkazilishini ta'minlaydi.

Bunda avvalgi o‘quv yillarida ta'lim muassasalarini tugatgan talabgorlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovni (BHMning bir baravari – 111 500 so‘m) amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid