O‘zbekiston | 07:37 / 13.08.2020
3819
3 daqiqa o‘qiladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yildagi yirik bitimlar haqida ma'lumot berdi

Qo‘mita tomonidan jami 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi. 

 2020 yil 1 iyul holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav fondidagi aksiyalarni olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushdi. 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, shundan 14 tasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish yuzasidan bo‘lib, 50 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.

Shu bilan birga, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 2 ta xo‘jalik sub'yektiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib ko‘rsatma berildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan barcha murojaatlar tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 47,3 foiz, ya'ni 479 mlrd. so‘mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xorijiy investorlar tomonidan asosan to‘qimachilik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, qurilish,
oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘lar va zamonaviy texnologiyalar ko‘rinishida investitsiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu davr mobaynida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi:

TOO “Motornaya kompaniya “Astana-Motors” (Qozog‘iston) tomonidan “HYUNDAI AUTO ASIA” MChJ QKning ustav fondidagi 70 foiz ulushini olishiga;

“ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.” kompaniyasi (Singapur) tomonidan “ANGLESEY FOOD” MChJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini olish;

AGROMIR BUKHARA” MChJ QK va “AGROMIR CHUST” MChJ QKni “AGROMIR” MChJ QKga qo‘shib yuborish.

Mavzuga oid