O‘quv yuklamalari hajmi yillar davomida juda yuqori bo‘lib kelgan, ular optimallashtirilmoqda - Respublika ta'lim markazi
Xalq ta'limi tizimida tashkillashtirilgan an'anaviy Avgust kengashida Respublika ta'lim markazi direktori o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva o‘quv rejalaridagi qisqarishlar nima sababdan amalga oshirilishiga izoh berdi.
«Agar o‘quvchilarni o‘quv jarayonida qiynaydigan soatlar, ortiqcha ilmiylik va ortiqcha hajmdagi bilimlardan xalos etmoqchi bo‘lsak, o‘quvchilarda o‘qish motivatsiyasini ko‘tarishga qaratilgan yo‘nalishni tanlashimiz kerak.
1 sinfdan 11 sinfgacha o‘quv yuklamalari hajmi yillar davomida juda yuqori bo‘lib kelgan. Xorijiy tajribalar o‘rganilganda O‘zbekistonda o‘qitilayotgan fanlarning ortiqcha hajmda ekani, bu, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda sanitariya qoidalari va normalariga mos kelmasligi aniqlandi.
Va xorijiy hamda milliy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda o‘quv yuklamalarini optimallashtirishga harakat qildik. Jumladan, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 1 sinflarning o‘quv yuklamasi 1,5 soatga, 2 sinfdan 2 soatga kamaytirildi. Ayrim sinflarda esa yuklamalar ko‘paytirildi», dedi Ta'lim markazi rasmiysi.
Mehriniso Pardayevaning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik odamlar yuklamalar kamaytirilishi o‘quvchilarning kamroq bilim olishiga sabab bo‘ladi, degan fikrni bildirgan. Lekin bu fikrlar to‘g‘ri emas. Chunki optimallashtirishda o‘quv dasturlaridagi ortiqcha, takror yoki besamar deb topilgan mavzular chiqarib tashlandi. Ona tili va adabiyot fanidan darslarning qisqarishida ham xuddi shunday yo‘l tutilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024