Daimler AQShda «dizelgeyt» ishi bo‘yicha 2,2 milliard dollar to‘laydi
Germaniyaning Daimler avtomobilsozlik kompaniyasi “dizelgeyt” ishi bo‘yicha AQSh hukumati bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, kompaniya AQShga 1,5 mlrd dollar hamda kompaniyaga qarshi sudga berilgan jamoaviy arznoma bo‘yicha avtomobillar egalariga 700 mln dollar to‘laydi.
Daimler Volkswagen va boshqa bir qator avtomobilsozlik kompaniyalari bilan birga bir necha yil avval “dizelgeyt” deb nomlangan mojaro markazida qolgandi. O‘shanda kompaniyalar o‘zlarining dizel avtomobillarida atrof-muhitga chiqariladigan zararli chiqindilar hajmini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot qo‘llashda ayblangan.
Avvalroq Daimler shu sababga ko‘ra dasturiy ta'minotni almashtirish uchun bir necha million avtomobillarini ortga qaytarib olishiga to‘g‘ri kelgan. Kompaniya, shuningdek, 2019 yilda Germaniya hukumati bilan kelishuvga erishib, 870 mln yevro jarima to‘lagan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024