Jamiyat | 08:38 / 17.08.2020
8108
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda «Neksiya» velosipedchini urib ketdi

Fuqaro olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi bo‘yicha voqea joyida vafot etgan.

2020 yil 15 avgust kuni soat 10:20larda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hududidan o‘tgan 4R-196A avtomobil yo‘lining 2-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro Sh.A. o‘z boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro N.G‘.ni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro N.G‘. olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi bo‘yicha voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid