Jamiyat | 11:14 / 21.08.2020
7900
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarodan 28,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani fosh etildi 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati Nurota tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, tumandagi “A” nomli MFY raisi D.X. tomonidan yashash uchun uy-joyi bo‘lmagan hamda ehtiyojmand oila toifasiga kiritilgan ikki nafar fuqaroga xonadon sotib olish uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan 28,5 mln so‘mini uy-joyni ta'mirlab berishga va'da qilgan holda firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida mahalla raisi D.X. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan zararning 19 mln so‘mini o‘z ixtiyori bilan qaytarganligi protsessual rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan D.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid