O‘zbekiston | 07:40 / 21.08.2020
58366
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘yicha qaror imzolashi kutilyapti

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash bo‘yicha vazifa va funksiyalarni, ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari uchun kelib tushayotgan mablag‘lar hisobiga, o‘zini mablag‘ bilan ta'minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.

Qo‘riqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

qo‘riqlash faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;

texnik qo‘riqlash vositalarini qo‘llash va obektlar xavfsizligini ta'minlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

ommaviy tadbirlar va aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etish va bunda huquq-tartibot organlariga ko‘maklashish;

yuridik shaxslarga tegishli idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida inspektorlik tekshiruvlari o‘tkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

Mavzuga oid