Tesla kapitallashuvi bir oydan sal ko‘proq vaqt ichida 1,5 barobarga oshdi
AQShning Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi birinchi marta 2 ming dollardan oshdi. Buning ortida kompaniya kapitallashuvi 372 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
Kompaniya aksiyalari birjadagi savdolar vaqtida 7 foizga qimmatlab, bir donasi uchun 2003 dollargacha yetgan. Bu ko‘rsatkich evaziga kompaniya kapitallashuvi bo‘yicha AQShdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i Walmart’dan o‘zib ketdi. Ayni vaqtda Walmart’ning bozor qiymati 371 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Tesla kapitallashuvi iyuldan beri 1,5 martadan ko‘proqqa oshgan. O‘shanda ushbu ko‘rsatkich kompaniya aksiyalari qimmatlashgani tufayli 224,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Vaholanki, Tesla aksiyalari bir yil avval, ya'ni 2019 yil avgustida 260 dollar turgan.
Mavzuga oid
11:23
Dunyo elektrsiz qoladi, sun’iy idrok odamlardan o‘zib ketadi: Ilon Maskning 2025 yil uchun prognozlari
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
18:14 / 11.12.2024
“Haydovchisiz taksilar” - Tesla robotaksisi qanday ishlaydi?
17:25 / 03.12.2024