Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa hamda moddiy yordam to‘lovlari miqdori va muddatlari bo‘yicha ma'lumot berildi
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak. AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva shu haqdagi savolga javob berdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori asosida tasdiqlangan «Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi», dedi vazirlik vakili.
Shuningdek, 2 yoshgacha bola parvarishi nafaqasi, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning quyidagi miqdorlari haqida ham ma'lumot berildi.
Unga ko‘ra, prezidentning 2019 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra,
2020 yil 1 fevraldan boshlab respublika hududida 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi nafaqasi, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning quyidagi miqdorlari belgilangan.
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
- bir bolali oilalarga – 131 000 so‘m;
- ikki bolali oilalarga – 217 000 so‘m;
- uch va undan ortiq bolali oilalarga – 304 000 so‘m;
- 2 yoshgacha bola parvarishi bo‘yicha nafaqa – 434 000 so‘m;
- kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam – 326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam – 434 000 so‘mdan 1 085 000 so‘mgacha etib belgilangan.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024