O‘zbekiston | 15:35 / 27.08.2020
7003
2 daqiqa o‘qiladi

Covid-19’ga chalingan bemor qanday holatlarda statsionar sharoitda davolanishi lozimligi ma'lum qilindi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov xavotirlanish va shifokorga murojaat qilish inobatga olinishi kerak bo‘lgan simptomlar haqida ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, quyidagi alomatlar kasallik xavfi darajasi yuqoriligini anglatadi:

  • Hansirash (havo yetishmayotganini sezish) – nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo‘lishi;
  • Tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo‘lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;
  • Qon kislorod bilan ta'minlanishi 90 foizdan past bo‘lishi (bu ko‘rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);
  • Qon bosimi tushib ketishi yoki keskin ko‘tarilib ketishi (90dan past yoki 220dan yuqori);
  • Yurak urishi tezlashishi – puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo‘lishi;
  • Bemorda ong ko‘rsatkichlarining pasayishi;
  • Qo‘shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar – diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o‘pka va buyraklar surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi;
  • Og‘ir simptomlarning mavjudligi, ya'ni chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya.

«Bu holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilib, bemor statsionarga yuborilishi lozim», dedi Habibulla Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Mavzuga oid