Litva Lukashenkoning tahdidlariga javob qaytardi
Belarus prezidenti hukumatga barcha savdo oqimlarini Litva portlaridan boshqa portlarga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini berganini aytgandi.
Belarusning Litva portlaridan foydalanishdan voz kechishi Minskka zarar yetkazadi. Bu haqda Litva bosh vaziri Saulyus Skvernyalis feysbukdagi sahifasida yozdi.
"Agar Lukashenko aytgan qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, birinchi navbatda Belarus zarar ko‘radi", — deb yozdi Skvernyalis.
Avvalroq Aleksandr Lukashenko hukumatga Polsha va Litva portlari o‘rniga boshqa portlardan foydalanish bo‘yicha taklif tayyorlashga ko‘rsatma berganini aytgandi. Belarus prezidentining fikricha, Litva budjetining 30 foizini Belarus yuk tashuvlaridan keladigan daromad tashkil qiladi.
Yevroittifoq mamlakatlari, jumladan Boltiq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni Lukashenko rejimiga nisbatan keskinroq sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
13:39 / 11.01.2025
Rossiya va Litva Kaliningraddagi muzey nomi o‘zgarishi tufayli bahslashmoqda
09:35 / 21.12.2024
DHL samolyoti qulashi: Litva tashqi ta’sir belgilarini ko‘rmayapti
19:45 / 19.12.2024
Litva armiyasida Rossiya, Belarus va Xitoy fuqarolarining xizmat qilishi taqiqlandi
12:23 / 10.12.2024