Jahon | 01:11 / 01.09.2020
6167
2 daqiqa o‘qiladi

HAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: DAVID BUIMOVITCH/AFP/Getty Images

Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan G‘azo sektorida o‘zaro qarama-qarshilikni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi

HAMASda ta'kidlanishicha, kelishuvga Qatar vositachiligida erishilgan.

Isroilning xavfsizlik sohasidagi manba Isroilning Kan radiosiga kelishuvga erishilganini tasdiqlagan. Uning ma'lum qilishicha, o‘t ochish to‘xtatilgandan keyin Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tish tiklanadi, G‘azo sektoridagi baliq ovlash hududi ochiladi. 

Oxirgi oylar davomida G‘azo sektorida ikki tomonning tez-tez bir-birini o‘qqa tutishi kuzatilgan. Avgust o‘rtasida falastinliklar G‘azo sektoridan Isroil tomon portlovchi moddali pufaklar uchirgandan keyin Isroil sektordagi baliq ovlash hududini yopib qo‘ygan, yonilg‘i yetkazilishini to‘xtatgan va yuklarni o‘tkazish uchun mo‘ljallagan Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punktini yopib qo‘ygan.

 

Mavzuga oid