O‘zbekiston | 14:10 / 02.09.2020
49818
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritildi. Yangi harbiy unvonlar joriy etildi

Tegishli 2020 yil 25 avgustdagi O‘RQ-634-son Qonun e'lon qilindi.

Foto : KUN.UZ

O‘tgan yil yangilangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. U Prezidentning qarori – qonunosti hujjati bilan tasdiqlangan. 
 
Norma’ning yozishicha, shu munosabat bilan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» va  «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Ularga kiritilgan tuzatishlar turlicha yuridik kuchga ega hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirdi.
 
Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • serjantlar tarkibining yangi harbiy unvonlari: qo‘shin unvonlari – III, II va I darajali serjant va kema tarkibidagi unvonlar – starshina va III darajali starshina. Ularni berish va ulardan mahrum qilish shartlari bayon etilgan;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishning ancha aniq qoidalari;
  • harbiy xizmatga qabul qilish va undan bo‘shatishning aniq mezonlarini belgilash;
  • harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilaydigan shaxslar doirasini o‘zgartirish – ularga harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari kiradi (ilgari – faqat Mudofaa vazirligi) va h.k.

 Qonun 26.08.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid