Jamiyat | 10:02 / 03.09.2020
9468
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda olib qochilgan Nexia avtomashinasi ariqdan topildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 1 sentabr kuni soat 01:00da noma'lum shaxs Andijon viloyati Bo‘ston tumani Guzar MFY A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 46 yoshli D.X.ga tegishli bo‘lgan va uning yashash xonadoni darvozasi yonida turgan Nexia rusumli avtomashinasini olib qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu kuni soat 10:00da olib qochilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Bo‘ston tumani Navro‘z MFY Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan “Navro‘z arig‘i”dan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X. sodir etganligi aniqlanib, u jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid