O‘zbekiston | 13:12 / 03.09.2020
33594
1 daqiqa o‘qiladi

Xodimlariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar soni oshdi

Buning uchun xodim iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, 5 yil stajga ega xodimlariga tavsiyanoma berish huquqi bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati kengaytirildi.

Qaror bilan ro‘yxatda hozirgacha mavjud 74ta tashkilot safiga quyidagilar qo‘shilmoqda:

75. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

76. Mudofaa vazirligi

77. “ANGLESEY FOOD” XK MChJ

78. Toshkent shahar “Trest 12” AJ”.

Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimiga tavsiyanoma berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 5 yil stajga ega xodimlarning OTMlarga hujjat topshirish muddati 15 sentyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid