Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarini qayta tiklash choralari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, saqlash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqladi.
Hujjat Prezidentning 17.06. 2019 yildagi «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-son Farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash hamda istiqbolli navlarning original urug‘chiligini tashkil etish sohasida quyidagilar Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy usul va texnologiyalardan foydalangan holda mahalliy navlar asosida suv tanqisligi va sho‘rga moslashgan, kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan yangi navlarini va ularning genetik pasportlarini yaratish hamda seleksiyada birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish;
- ichki va tashqi bozor talabidan kelib chiqqan holda noan'anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xorijiy mamlakatlardan introduksiya qilish;
- qayta tiklangan qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularni davlat reyestriga kiritish va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni amalga oshirish vazifasi topshirildi:
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
- yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
- 3 oy muddatda meva va uzumning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yuqori sifat ko‘rsatkichiga ega, suvsizlikka chidamli navlari ko‘chatlarini «Invitro» laboratoriyalarida ko‘paytirish ishlarini tashkil etish.
Qaror bilan ishchi guruhining asosiy vazifalari ham belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda quyidagi choralarni ko‘rish vazifasi topshirildi:
- 2020–2022 yillarda seleksiya va urug‘chilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish;
- 2 oy muddatda import o‘rnini bosadigan mahalliy navlar urug‘liklarini tezkor ko‘paytirish va iste'molchilarga yetkazib berish maqsadida seleksiya va urug‘chilikka ixtisoslashgan ITIda va ularning filiallarida maxsus urug‘chilik ko‘chatxonalarini tashkil etish.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yil yakunlanishi bilan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklashga va ularning original urug‘liklarini yetishtirishni tashkil etishga doir davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalar tanlovlarini o‘tkazish va tanlov g‘olibi bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish vazifasi topshirildi.
Hujjat 25.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024