AQShning terrorchilikka qarshi urushlari sababli 37 mln kishi o‘z uyini tark etgan
AQSh 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktdan keyin xalqaro terrorchilikka qarshi e'lon qilgan urushlar sababli turli davlatlarda kamida 37 mln kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Braun universitetining “Urush qiymati” deb nomlangan tadqiqotida ma'lum qilingan.
Gap AQShning Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Filippin, Yaman, Pokiston, Somali va Suriya hududidagi katta ko‘lamli operatsiyalari haqida bormoqda. Mali, Niger, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Burkina-Faso va Kamerundagi operatsiyalar hisobga olinsa, uyini tark etishga majbur bo‘lgan odamlar soni 59 mlngachani tashkil qiladi. Ulardan 25,3 mln nafari keyinchalik uylariga qaytgan.
“Aholining ko‘chishi muayyan shaxslar, oilalar, shaharlar, posyolkalar, hududlar va butun bir davlatlarga ko‘plab jismoniy, ijtimoiy, hissiy va iqtisodiy zarar yetkazgan”, deyilgan tadqiqotda.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04