Jahon | 00:06 / 12.09.2020
11236
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda 100 yil avval jo‘natilgan maktub belgilangan manzilga yetkazildi
AQShning Belding shahrida yashovchi Brittani Kich o‘z pochta qutisida 100 yil avval jo‘natilgan maktubni aniqladi.
Otkritka ko‘rinishidagi maktub 1920 yil 29 oktyabrda jo‘natilgan. Unda Xellouin bayrami munosabati bilan tabrik so‘zlari yozilgan bo‘lgan.
Brittani maktubni Facebook’dagi Positively Belding sahifasida joylashtirgan.
“Ha, bu juda sekin”, deb maktubning bunchalik uzoq yetkazilishiga izoh bergan ayol.
Maktub Divizion-stritda yashovchi Roy Makkuin nomiga yozilgan bo‘lgan. Unga tabrik xatini amakisining qizi yozgan.
Ko‘rinishicha, otkritka uyning avvalgi egalariga yo‘llangan bo‘lgan. Ayol ularni topishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqmagan. Shu sababli u maktubni mahalliy tarix muzeyiga topshirmoqchi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04