Rossiya delegatsiyasi Bosh vazir hamrohligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati bilan tanishdi
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonda bo‘lib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan birgalikda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Qobil Shodiyev mehmonlarni kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirishgan. Rossiya delegatsiyasi “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish jarayoni va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgan. Mehmonlarga mazkur konda olib borilayotgan ishlar hamda loyihani ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lumot berilgan.
Tashrif davomida rossiyaliklar 3-sonli Mis boyitish fabrikasi qurilishining borishi, 1-sonli Mis boyitish fabrikasida jadal davom etayotgan rekonstruksiya ishlari, Mis eritish zavodidagi affinajlangan oltin va kumush ishlab chiqarish jarayoni haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishgan.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
13:54 / 12.12.2024