Jamiyat | 12:13 / 18.09.2020
12197
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yana bir maktabda an'anaviy o‘quv jarayoni vaqtinchalik to‘xtatildi

Shayxontohur tumanidagi 59-sonli maktabda an'anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.

Toshkent shahridagi umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab 137ta ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17 sentyabrdan boshlab Shayxontohur tumanidagi 59-sonli maktabda an'anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.

2020 yil 18 sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318ta umumta'lim muassasasidan quyidagi 136tasi an'anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda. 

1. Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM.

4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.

5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta'lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an'anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya'ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.  

“Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas'uliyat bilan yondashishlarini, an'anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid