Sport | 14:10 / 20.09.2020
7597
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov rasman «Tom» futbolchisiga aylandi

O‘zbekistonlik 33 yoshli himoyachi Vitaliy Denisov Rossiya quyi ligasi klubida faoliyat boshladi.

«Rotor» klubi Premer-ligaga chiqqach, jamoani tark etgan Vitaliy Denisov «Tom» bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. O‘zbekistonlik himoyachi jamoa safida 29-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.

Vitaliy Denisov faoliyati davomida TsSKA, «Dnepr», «Lokomotiv» Moskva, «Rubin», «Krilya Sovetov» va «Rotor» klubi sharafini himoya qilgan. O‘zbekistonlik futbolchi «Lokomotiv» safida Rossiya chempioni va kubogi sohibiga aylangan.

Ma'lumot uchun, Tomsk viloyatining bosh klubi hozirgi paytda Rossiya quyi ligasida 22 jamoa orasida 21-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid