O‘zbekiston | 11:40 / 22.09.2020
6978
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda «GAZ-3102» va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyati Forish tumani Nurak mahallasi hududidan o‘tuvchi Jizzax - Qizilcha 4/R-36 yo‘lining 48-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Forish tumani "Osmonsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 1975 yilda tug‘ilgan M.A. akasiga tegishli "GAZ-3102" rusumli avtoulov boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Lacetti’ga urilgan.

Oqibatda, Lacetti haydovchisi, "Osmonsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan Sh.E. chap oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan Forish tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. "GAZ-3102" haydovchisi esa olingan tan jarohatlari natijasida shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etdi.

Holat bo‘yicha Forish tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid