Jamiyat | 18:43 / 24.09.2020
4243
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy bog‘cha xodimlari Covid-19’ga testni xususiy laboratoriyalarda topshirishi mumkin – Nurmat Otabekov

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov xususiy bog‘cha xodimining qayerda Covid-19’ga test topshirishi mumkinligi haqidagi savoliga javob qaytardi.

«Hozirgi kunda barcha tuman SEOMlari test tizimlar bilan yetarli miqdorda ta'minlangan. Test topshirish uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatmani shifokor belgilaydi. Bemorlar, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar va epidemik ko‘rsatmaga asosan test topshirayotganlar bepul asosda tekshirilishi mumkin. Xususiy bog‘cha xodimlari shartnoma asosida xususiy laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tishlari mumkin», dedi Otabekov.

Brifingda Rossiyadan charter reys orqali kelayotgan fuqarolar necha kunlik karantinga olinishi va qaysi karantin hududiga joylashtirilishi haqida ham ma'lumot berildi.

«O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbir dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 17 sentyabrdagi yig‘ilishining 47-sonli bayoniga ko‘ra, qizil hududdan kelgan fuqarolarda so‘nggi 72 soat ichida PZR natijasi bo‘lishi shart, agar bo‘lmasa, yoki koronavirus alomatlari bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal, yoki boshqa) hududda o‘z hisobidan namuna (surtma) topshiradi. Qizil hududdan kelgan fuqarolarni uy karantiniga olish maqsadida ro‘yxat to‘liq shakllantiriladi va IIV, Milliy gvardiya, SEOM va SSBlariga yetkaziladi», dedi Nurmat Otabekov.

Mavzuga oid