O‘zbekistonga xorijdan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi
Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatga qiymati 5,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 mln. AQSh dollari kam sarflangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 26ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozog‘iston (435,6 ming) va 87 ming AQSh dollari bilan Germaniyani ko‘rish mumkin.
Ma'lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda qiymati 946,3 mlrd. so‘mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024