O‘zbekiston | 22:08 / 30.09.2020
5511
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqaruv sifati indikatorlarida O‘zbekiston ijobiy o‘sishni qayd etdi

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta'minlash mezonlari bo‘yicha xalqaro mavqeyini yaxshiladi.

Joriy yilning 25 sentabr kuni Jahon banki 2019 yil yakunlariga ko‘ra Boshqaruv sifati indikatorlari (WGI) bo‘yicha hisobotini e'lon qildi.

Mazkur nashrda 33ta mustaqil axborot manbalariga asoslangan holda jami 214ta mamlakatda boshqaruv sifati va samaradorligi oltita mustaqil indikator doirasida baholandi.

Ta'kidlanishicha, quyida ko‘rsatib o‘tilgan barcha tarkibiy indikator bo‘yicha O‘zbekiston uchun berilgan baholar va o‘rinlar faqat ijobiy tomonga siljiyotgani kuzatiladi. Ammo ayrim indikatorlar bo‘yicha davlat egallab turgan pozitsiya ancha quyida hisoblanadi.

Boshqaruv sifati indikatorlarida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar “Tartibga solish sifati” indikatori bo‘yicha 2 pog‘ona,Huquq ustuvorligi” va “Korrupsiyani tiyib turish”  indikatorida 3 pog‘onadan o‘sishiga turtki bo‘ldi.

Mavzuga oid