O‘zbekiston | 12:17 / 07.10.2020
3596
2 daqiqa o‘qiladi

Geologiya korxonalari kuzatuv kengashiga xorijlik mutaxassislar jalb qilindi

Geologiya sohasidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga xorijlik mutaxassislar mustaqil a'zo sifatida jalb etildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Ular: 

“Toshkentgeologiya” AJga Georgiy Kim – Mineralogiya, geokimyo va noyob elementlarning kristal kimyosi instituti bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (Rossiya);

“Qizilqumgeologiya” AJga Noil Yildirim – Geologiya sohasi bo‘yicha xorijiy mutaxassis (Turkiya);

“Samarqandgeologiya” AJga Kim San Yup Mineral resurslar instituti direktori maslahatchisi (Janubiy Koreya);

“Gissargeologiya” AJga Qodir Develi – Kon ishi va geologiya bo‘yicha menedjyer (Turkiya);

“Surxongeologiya” AJga Kim In Jun – Janubiy Koreyaning Geologiya fanlari va mineral resurslar instituti (KIGAM) bosh tadqiqotchisi;

“Urankamyobmetgeologiya” AJga Vladimir Degtyarenko “Uransvetmet” AJ Direktorlar kengashi raisi (Rossiya).

Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi 6ta davlat korxonalari yuqorida nomlari qayd etilgan aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etilgan. 

Mazkur aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish maqsadida, kuzatuv kengashlari tashkil etilib, ular tarkibiga xorijiy ekspertlarni jalb etish nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda ushbu jamiyatlar kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlar shakllantirilib, jamiyat ta'sischilari bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning tegishli hududiy boshqarmalarining 2020 yil 5 oktyabrdagi qarorlari bilan kuzatuv kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Mavzuga oid