Chet eldan posilka yuborishning eng yuqori me'yori 200 dollargacha tushirilishi mumkin
Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan 2020 yilda respublikaning barcha hududlarida ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida Toshkent shahrida o‘tkazilgan QR kodi yoki fiskal belgisi asosida onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish eksperimentini amalga oshirishni kengaytirish bo‘yicha taklifga rozilik berilishi mumkin.
2021 yil 1 yanvardan boshlab bojxona to‘lovlari olinmaydigan xalqaro kurerlik jo‘natmalarida jismoniy shaxsning manziliga kelib tushadigan tovarlarni respublikaga olib kirishning eng yuqori me'yori, bir kalendar chorakda birinchi qabul qilinganda, 1000 AQSh dollaridan 200 AQSh dollarigacha tushirilishi va brutto og‘irligi 10 kilogrammdan oshmasligi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga tovarlarni olib kirishning maksimal me'yorlari oshib ketganda olinadigan yagona bojxona to‘lovi stavkasini pasaytirish bo‘yicha takliflarni kiritadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan 2021 yil 1 fevraldan boshlab go‘sht va go‘sht mahsulotlari, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, tashkiliy texnika va transport vositalarining butlovchi qismlari davlat xaridlari faqat qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bilan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi davlat xaridlari monitoringi asosida Vazirlar Mahkamasiga faqat qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bilan sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:41 / 16.12.2024
2030 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 200 mlrd dollarga yetishi mumkin
20:24 / 14.12.2024