O‘zbekiston | 08:11 / 09.10.2020
5745
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 37 543ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi

O‘tgan 9 oy davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan 37 543 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan jarima 16 mlrd 800 mln so‘mni tashkil etdi. Tabiatga yetkazilgan zarar - 15 mlrd 133 mln so‘m.

1457ta holat bo‘yicha 11 mlrd 788 mln so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga kiritildi. 60 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

22ta holat bo‘yicha 8 mlrd 810 mln so‘mlik da'vo ishlar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Huquqbuzarlardan 337 dona hayvon va parranda, 1380,4 kg baliq, 49 009 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 884,7 kub metr o‘tin, 91ta ov qurollari, 95ta aslahalar, 1290ta to‘r, 46ta elektr qarmoq, 141ta elektr arra, bolta va boshqa inventarlar olib qo‘yilgan, shundan 70ta ov quroli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan, 34ta ov quroli va aslahalar, 23ta inventarlar musodara qilingan, 17ta ov quroli qaytarib berilgan.

Mavzuga oid