Navoiyda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 30 yoshga to‘lmagan haydovchi va piyoda vafot etdi
YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 8 oktabr kuni soat 19:50larda, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tgan 4K-372 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.T. “Lasetti” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, o‘zidan oldinda belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi simyog‘ochga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi, 27 yoshli M.T. va piyoda, 28 yoshli Sh.Q. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan. Shuningdek, piyoda, 30 yoshli Z.N. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:46 / 04.12.2024
Navoiyda erini urib o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024