Fan-texnika | 22:49 / 09.10.2020
8499
2 daqiqa o‘qiladi

Volvo chap rulli mashinani o‘ng rulliga aylantiruvchi texnologiyani ishlab chiqdi

Volvo kompaniyasi avtomobilning rulini chapdan o‘ngga va aksincha o‘zgartirishga imkon beradigan tizimni patentlashtirdi. 

Foto: Depositphotos

Volvo’ning elektron boshqariluvchi suriluvchi rulli tizimi yarim avtonom avtomobil uchun ishlab chiqilgan. Patentga ilova qilingan suratlarda texnologiya rulning maxsus relslarga o‘rnatilishini ko‘zda tutishini ko‘rish mumkin. Rul kichik o‘lchamdagi asboblar paneli bilan birga ushbu relslar bo‘yicha harakatlantiriladi. Avtomobilning chap va o‘ng tomoni hamda markazida uchta monitor joylashgan bo‘lib, ular asosiy asboblar paneli vazifasini bajarishi mumkin. 

Tezlik va tormoz tepkilarini joylashtirish masalasini ulardan voz kechib, ularning o‘rniga o‘rindiqlar oldida polda bosish kuchiga ta'sirchan tormoz va tezlik datchiklarini o‘rnatish taklif qilinmoqda. Ushbu datchiklar rulning holatiga qarab faollashadi. 

Ta'kidlab o‘tib joiz, chap tomondan o‘ng tomonga harakatlanuvchi rul g‘oyasi yangi emas. Bunday tizim bilan Mercedes-Benz Unimog modeli jihozlanadi. Unda rulning bir holatdan ikkinchisiga o‘zgartirilishi bir daqiqaga yaqin vaqt oladi.

Mavzuga oid