Jamiyat | 15:35 / 14.10.2020
23202
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari 39 yoshida vafot etdi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 2020 yil 14 oktabr kuni vafot etdi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi xabariga ko‘ra, Ulug‘bek Abrayev og‘ir xastalikdan 39 yoshida hayotdan ko‘z yumgan.

Ulug‘bek Abrayev 1980 yil 26 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tavallud topgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2004 yildan Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo‘limida boshlagan. 2004-2018 yilgacha Markaziy bankda turli lavozimlarda mehnat qilgan. 

U. Abrayev 2019 yilda «Poytaxtbank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Mavzuga oid