Jahon | 20:55 / 14.10.2020
11553
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti hozir iste'foga chiqishga haqqi yo‘qligini aytdi

Sooronbay Jeenbekov hozir prezidentlik lavozimini tark etishga haqqi yo‘qligini, bu davlatga zarar keltiruvchi oldindan aytib bo‘lmaydigan voqealarga olib kelishini ta'kidladi.

Foto: president.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikada parlament saylovlari o‘tkazilganidan keyin iste'foga chiqishini aytdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sooronbay Jeenbekov yangi bosh vazir Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazgan. Matbuot kotibining ma'lum qilishicha, uchrashuvda "bosh vazir o‘z talabini – prezident bugun oqshom iste'foga chiqishi kerak"ligini aytgan.

 "Sooronbay Jeenbekov yana bir bor hozir prezidentlik lavozimini tark etishga haqqi yo‘qligini, bu davlatga zarar keltiruvchi oldindan aytib bo‘lmaydigan voqealarga olib kelishini ta'kidladi. U 2020 yil 9 oktyabrda ma'lum qilgan pozitsiyasida turishini – parlament saylovlari o‘tkazilib, mamlakatning yangi prezidenti saylovi o‘tkazilishi e'lon qilinganidan so‘ng iste'foga chiqishini eslatib o‘tdi", - dedi Stamaliyeva.

 Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlagan, Japarov Jeenbekov bilan uning iste'fosi to‘g‘risida muloqot o‘tkazishini aytgandi.

Mavzuga oid