Jahon | 14:21 / 15.10.2020
5220
2 daqiqa o‘qiladi

Matviyenko Rossiya va YeI munosabatlarida yangi tizim joriy etishni taklif qildi

Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko TACC nashriga bergan intervyusida Rossiyaning Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarida yangi tizim joriy etishni taklif qildi. Yevroittifoq joriy qilayotgan sanksiyalar muxolifat Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq.

© AP Photo/Francisco Seco

«Sanksiyalar masalasiga kelsak… Bilasizmi, men sanksiyalardan hayron bo‘lmay qo‘ydim. Buni ko‘proq hazil tariqasida qabul qilyapman. Men bu borada tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bergan bahoga qo‘shilaman. Biz o‘z qadr-qimmatimizni munosib saqlashimiz va Rossiyaga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur», deydi Matviyenko.

«Biz har qanday masalada hamkorlik qilishga tayyormiz, biz ochiqmiz. Bizni barmoq bilan ko‘rsatishni bas qiling! Bizga o‘rgatishni to‘xtating… Shuning uchun, o‘ylaymanki, biz Yevroittifoq bilan munosabatlarimizni yangi tizim asosida qurgan holda bularning hammasini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak.

Davlatlararo munosabatlarni ortiqcha siyosiylashtirmaslik kerak. Ochiq, halol va vijdonli hamkor bo‘lish kerak. Keling, aniq bir mavzuga ega va o‘zaro hurmat asosida muhokamalar olib boramiz. Hamma narsaga bizni aybdor qilib qo‘yilgan holda emas.

Navalniy tuzaldi, uning ahvoli yaxshi. Lekin, ko‘plab savollar javobsiz qolmoqda. Aslida biz taklif qilgandek bo‘lishi kerak edi: ushbu voqea bo‘yicha birgalikda tergov boshlashimiz va buning ortida haqiqatan kim turganini bilishimiz kerak», degan u.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva va rasmiy Bryussel o‘rtasidagi muloqot to‘xtashi mumkinligini aytgan edi. Diplomatning fikricha, Yevroittifoq Rossiya bilan murosaga borishni xohlamayapti.

12 oktabr kuni YeI davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Aleksey Navalniyning zaharlanishi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga doir siyosiy qaror qabul qilgan edi.

Mavzuga oid