AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili: Biz o‘z faoliyatimizni qayta tashkil etishga kelishib oldik
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Afg‘onistonda davom etayotgan hujumlar tinchlik jarayoniga zarar yetkazganini ta'kidlab, «Tolibon» ni kelishuv shartlariga rioya qilishga chaqirdi va AQSh o‘z faoliyatini qisqartirishini e'lon qildi.
Xalilzod tvitterdagi sahifasida Afg‘onistondagi xurujlardan mamnun emasliklarini va ba'zi tadbirlarni qayta tashkil qilishlarini ta'kidlagan.
«Toliblar va general Miller bilan o‘tkazilgan bir necha muzokaralardan so‘ng biz AQSh- «Tolibon» o‘rtasidagi kelishuvning barcha elementlariga va shu nuqtayi nazardan berilgan barcha va'dalarga rioya qilgan holda o‘z faoliyatimizni qayta tashkil etishga kelishib oldik», degan u.
Xalilzod AQShning Afg‘onistondagi operatsiyalari sonining ko‘rib chiqilayotgan tartibga muvofiq kamaytirilishi haqida gapirgan.
«Hozir Afg‘onistonda ko‘plab odamlar halok bo‘lmoqda. Ushbu yangi tartibga ko‘ra, biz bu son sezilarli darajada kamayishini kutmoqdamiz.
So‘nggi haftalarda tinchlik jarayoniga tahdid soladigan hujumlar soni ko‘paymoqda. Bu esa afg‘on xalqi, mintaqaviy va xalqaro tarafdorlarni xavotirga solmoqda. Biz bu tinchlik jarayoniga o‘z hissamizni qo‘shamiz va kelishuv ijrosini faol kuzatib boramiz. Barcha tomonlar o‘z zimmalaridagi mas'uliyatni bajarishlari kerak. Xalqaro sheriklarimizga ularning qo‘llab-quvvatlashi va yordami uchun minnatdorlik bildiraman» degan u.
Afg‘oniston tinchlik muzokaralari haqida
AQSh birinchi marta Barak Obama prezidentligi davrida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun «Tolibon» va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga uringandi. 2011, 2012 va 2013 yillardagi urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan.
2016 yilda Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng muzokaralar yana kun tartibiga keldi. AQSh va «Tolibon» vakillari 2019 yil 25 fevralda Qatar poytaxti Dohada tinchlik muzokaralari uchun birinchi marta uchrashdi.
Zalmay Xalilzod 2019 yil sentabr oyida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgani va kelishuv prezidentning ma'qullashini kutayotganini e'lon qildi. Biroq, xuddi shu kunlarda Kobuldagi teraktda AQSh askari halok bo‘lganidan so‘ng, Tramp kelishuvni keyinga qoldirgandi.
2019 yil dekabrida AQSh va «Tolibon» o‘rtasida qayta boshlangan muzokaralar natijasida «zo‘ravonlikni kamaytirish» deb nomlangan sulh bitimi qabul qilindi. 2020 yil 22 fevralda boshlangan 7 kunlik muddat oxirida 29 fevral kuni tinchlik shartnomasi imzolangan edi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
23:50 / 29.11.2024