O‘zbekiston | 13:55 / 30.10.2020
10579
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilgi test sinovlari uchun abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan - DTM

Bugun, 30 oktabr kuni Davlat test markazi rahbariyati ishtirokida “2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovi yakunlari, tahlil va xulosalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda markaz direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov joriy yilgi test sinovlari uchun abituriyentlardan qancha mablag‘ yig‘ilgani haqida axborot berdi.

“Joriy yilgi test sinovlari uchun abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan. Imtihonlar o‘tkaziladigan stadionlar haqida aytadigan bo‘lsak, stadionlarning faqat 2-3 tasi bilan shartnoma tuzib, mablag‘ o‘tkazib berilgan. Qolgan holatlarda stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya'ni bularga DTM mablag‘lari sarflanmagan”, – deya Rajabovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qo‘shimcha qilinishicha, abituriyentlardan yig‘ilgan mablag‘larning bir qismi tibbiy niqob, qo‘lqop, ruchka, ichimlik suvlari, guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarga sifatli tushlik uchun sarflangan.

Shuningdek, Davlat test markazining hududiy bo‘limlari binolari ham abituriyentlardan kelib tushgan mablag‘lar hisobiga shakllantirilishi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid