O‘zbekiston | 22:16 / 03.11.2020
5436
1 daqiqa o‘qiladi

DXMda ilk marta imkoniyati cheklanganlar uchun surdo-onlayn platformasi ishga tushdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markazida gapirish va eshitish bilan bog‘liq imkoniyatlari cheklangan fuqarolar endilikda istalgan davlat xizmatlaridan surdotarjimonsiz foydalanishlari mumkin.

3 noyabr kuni Chilonzor tumanidagi DXMda imkoniyati cheklanganlar uchun birinchi marotaba surdo-onlayn platformasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Markazdagi fuqarolarni qabul qilish nuqtasiga joylashtirilgan belgilar imkoniyati cheklangan fuqarolarni surdo-onlayn plansheti qo‘yilgan operatorga yo‘naltiradi. Operator stoliga o‘rnatilgan planshetlar esa onlayn tarzda murojaatchining fikrlarini operatorga tarjima qiladi.

Mazkur tizimni joriy qilishdan maqsad – Toshkent shahridagi eshitishi va gapirishida nuqsoni bor shaxslarning jamiyatdagi imkoniyatlardan to‘laqonli foydalana olishini ta'minlash, tez va qulay xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kelgusida ushbu tizimni respublikadagi barcha DXM va FHDYo organlarida yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuga oid