Jamiyat | 10:05 / 03.11.2020
15450
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda eshakni Spark’ga bog‘lab, sudrab ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda haydovchi eshakni Spark’ga bog‘lab, sudrab ketayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ushbu holatni yon-atrofda transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchilar ko‘rib qolgan va suratga olgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlardan biri telefon kamerasiga tasvirga olingan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ekologuz xabariga ko‘ra, tarmoq kuzatuvchisi bo‘lgan ayol bu videoni “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish jamiyati nodavlat tashkilotiga yuborgan.

NNT bu ayanchli holat bo‘yicha surishtiruv olib borishni so‘rab, Toshkent shahar IIBBga murojaat qildi. Shu tariqa IIBB xodimlari ham bu holatga e'tibor qaratishdi.

Jonivorlarga nisbatan johillik bilan munosabatda bo‘lish holatlarida aybdorlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Amaldagi Yo‘l harakati qoidalarida ham bunga nisbatan muayyan javobgarlik belgilangan.

Hozirda jonivorga azob bergan haydovchining shaxsi aniqlangan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid