O‘zbekiston | 20:58 / 05.11.2020
29898
2 daqiqa o‘qiladi

Denov tumani hokimi o‘zgardi

Bugun, 5 noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Denov tumani hokimi Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etildi.

Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rustam Pardayev tasdiqlangan.

Rustam Pardayev

Rustam  Pardayev 1979 yilning 7 aprelida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Turli yillarda «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqo‘rg‘on tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U 2019 yilning may oyidan Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ish boshlagandi.

Baxtiyor Ibotov 2018 yil 11 noyabrdan buyon Denov tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Qiziriq tumani hokimi bo‘lgan, 2016-2018 yillarda Angor tumanini boshqargan.

Baxtiyor Ibatov / Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Mavzuga oid