Jahon | 08:04 / 06.11.2020
7533
1 daqiqa o‘qiladi

“Eta” dovuli Markaziy Amerika davlatlariga katta talafotlar yetkazdi 

“Eta” dovuli Markaziy Amerikaning bir qator davlatlariga katta talafotlar yetkazdi.

Foto: unian.net

“Eta” dovuli Markaziy Amerikaning bir qator davlatlariga katta talafotlar yetkazdi. Jumladan, Gvatemalada 50dan ko‘proq kishi dovul oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar va ko‘chkilar qurboniga aylandi.

Mamlakat rahbariyati bir nechta departamentda tabiiy ofat rejimini e'lon qildi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va aholiga yordam ko‘rsatishga qurolli kuchlar jalb qilingan. Toshqinlar oqibatida yuzlab uylar va bir qator yo‘llarga shikast yetgan. 

Shuningdek, dovul oqibatida qo‘shni Gondurasda 11 kishi, Panamada 5 kishi halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Hukumat tabiiy ofat hududida aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha katta ko‘lamli amaliyot o‘tkazmoqda. 

Prognozlarga ko‘ra, “Eta” 6 noyabrda Karib dengiziga qaytib va yana kuch to‘plab, Kuba tomon yo‘naladi.  

Mavzuga oid