Jahon | 13:04 / 08.11.2020
24297
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Trampning bir qator qarorlarini bekor qilmoqchi

AQShdagi prezident saylovlarida o‘z g‘alabasini e'lon qilgan Jo Bayden 2021 yil 20 yanvarda prezident lavozimini bajarishga kirishgach, amaldagi prezident Donald Tramp qabul qilgan bir qator qarorlarni bekor qilmoqchi.

Foto: Kevin Lamarque / Reuters

The Washington Post nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, Bayden AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytarmoqchi va uning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishi haqidagi qarorni bekor qilmoqchi

Bundan tashqari, Bayden Trampning immigratsiyani taqiqlovchi qarorini darhol bekor qilishni va AQShga yoshligida noqonuniy tarzda keltirilgan shaxslarga mamlakatda qolishga imkon beruvchi dasturni tiklashni rejalashtirmoqda.   

Nashrning ta'kidlashicha, Baydenning bosh maslahatchilari uning saylovoldi rejasini iloji boricha yaxshiroq amalga oshirish ustida oylab ish olib borishgan. 

Avvalroq Bayden Amerika xalqiga murojaatida AQSh jamiyatini birlashtirishga va AQShga dunyoda yetakchilikni qaytarishga va'da bergandi. 

Mavzuga oid