O‘zbekiston | 18:40 / 13.11.2020
6063
1 daqiqa o‘qiladi

«Jyentra»dagi 2 kilogramm «gashish» fosh etildi 

Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda To‘raqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro X.U. boshqaruvidagi “Jyentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. 

Natijada, avtomashinaning old o‘rindig‘i tagidagi rezina to‘shama ostiga 4 dona ovalsimon bo‘laklar polietilen o‘ramlarga o‘ralgani ma'lum bo‘ldi. Mazkur o‘ramlar ochib ko‘rilganida esa o‘tkir hidli va jigarrang tusdagi giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalar sof og‘irligi 1 kg. 994 gr. og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid