Jahon | 00:01 / 13.11.2020
4826
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya sohillari yaqinida kema cho‘kishi oqibatida 74 muhojir halok bo‘ldi

Liviya sohillari yaqinida muhojirlar kemasi cho‘kishi oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotida ma'lum qilindi.

Foto: Getty Images

Ma'lumotlarga ko‘ra, fojia Xoms shahri yaqinida yuz bergan. Kema bortida 120dan ko‘proq kishi bo‘lgan. Ulardan 47 nafari sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati va mahalliy baliqchilar tomonidan sohilga olib chiqilgan. Qutqaruvchilar ayni vaqtda 31 kishining jasadini topishgan, qolgan qurbonlar qidirilishi davom etmoqda. 

“Biz Liviya va O‘rta yer dengiziga nisbatan samarasiz yondashuvning o‘zgartirilishini anchadan beri talab qilib kelamiz. Minglab ojiz odamlar dengizdagi va quruqlikdagi harakatsizlikka katta haq to‘lamoqda”, deb aytgan Xalqaro migratsiya tashkilotining Liviyadagi missiyasi rahbari Federiko Soda.

Tashkilotda ta'kidlanishicha, joriy yilning o‘zida O‘rta yer dengizida 900 kishi Yevropaga yetib olish ilinjida halok bo‘lgan. Liviyani tark etishga uringan 11 mingdan ko‘proq kishi yana ortiga qaytarilgan. 

Mavzuga oid