O‘zbekiston | 17:02 / 14.11.2020
15079
1 daqiqa o‘qiladi

OTMda onlayn yoki oflayn ta'lim shaklini tanlash bo‘yicha kimga murojaat etilishi haqida izoh berildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ta'lim shaklini tanlash bo‘yicha kimga murojaat qilish kerakligi haqida gapirdi.

“Bu mas'uliyat oliy ta'lim muassasasida turibdi. Albatta fakultetlar, dekanatlar talaba bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydi. Fakultetlar shug‘ullanadi va talabalarni belgilangan tartibda oliy ta'lim muassasasi komissiyasining tashkil etgan ishiga qarab, ayrimlar masofadan turib arizalar qabul qilishni tashkil etgan. Onlayn ishtirok etaman desa, arizasini belgilangan tartibda fakultet kuratori yoki dekanatga jo‘natyapti.

Ayrim OTMlar 1-kurs talabalarini oliy ta'lim muassasasiga jalb qilgan holda ular bilan gaplashyapti va hamma narsani tushuntirib, arizalar bo‘yicha ishlayapti. Bu yerda reglament bilan aniq bir chegara qo‘yilgan joyi yo‘q. Barchaning imkoniyatiga qarab ishlanyapti. Bugungi kun holati shuni talab qiladi. Hammaning imkoniyati bir xil emas”, – dedi u AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Mavzuga oid