Jahon | 12:12 / 17.11.2020
6843
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘ylab 35 foiz tungi yorug‘lik isrof bo‘layotgani aniqlandi

Foto: SCIENCE

Amerikalik olimlar tunda osmonni ifloslantiruvchi sun'iy yorug‘lik manbalarini aniqladilar. Ular 10 kun davomida soat 01:30 da sun'iy yo‘ldosh orqali tungi osmonni kuzatdilar.

Tadqiqotchilar umumiy yorug‘lik zaharining qancha qismiga tungi ko‘cha chiroqlari sabab bo‘lishini aniqlashga o‘rindilar. Sun'iy yorug‘likning o‘zi inson uyqusi va sog‘lig‘iga salbiy ta'sir qilishi esa allaqachon isbotlangan.

Sun'iy yorug‘likning asosiy qismi tungi ko‘cha chiroqlari emas, balki reklama, svetofor, binolar, avtoturargoh va sport maydonlarini yoritishga sarflanadi.

«Ko‘p odamlar iqlimdagi favqulodda vaziyat haqida gapirishadi, lekin hech qachon yorug‘likdan ajraladigan zahar haqida eslashmaydi. Kechqurun ortiqcha chiroqlarni o‘chirib ham elektr zaharini, ham uning quvvatini tejash mumkin», deydi Germaniya geologiya ilmiy markazi doktori.

Xalqaro Dark Sky assotsiatsiyasining taxminiga ko‘ra, sun'iy yorug‘likni noto‘g‘ri yo‘naltirish sabab uning 35 foizi isrof bo‘ladi. Ma'lumot uchun, AQShda har yil tunda ko‘cha va binolarni yoritish uchun 3 milliard dollar sarflanadi.

Shahar chiroqlari aksariyat odamlarning hech qachon tabiiy qorong‘u tungi osmonni ko‘rmasligiga sabab bo‘ladi. 2016 yilgi tadqiqotga ko‘ra, dunyo aholisining 80 foizi tungi osmonning tabiiy holatini ko‘rolmaydi.

Mavzuga oid