Jamiyat | 17:53 / 17.11.2020
18153
1 daqiqa o‘qiladi

Poliklinika bo‘lim mudiri shaxsiy mashinasini xodimiga yuvdirdi. Endi u jarima to‘laydi

To‘rtko‘l tumanidagi 2-son poliklinika bo‘lim mudirasi ish vaqtida shu poliklinikada ishlovchi farroshga shaxsiy «Nexia 3» avtomobilini yuvdirdi. Internetda bu haqda surat tarqalgach, mudira 1 mln 115 ming so‘m jarimaga tortildi.

Caption

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi 2-son ko‘p tarmoqli poliklinikasining bo‘lim mudirasi ish jarayonida shaxsiy avtomobilini shu poliklinikada ishlovchi farroshga tozalatdi.

Bu haqdagi surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, mudira jarimaga tortildi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma'lum qilishicha, Ye.B. Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismi talablarini buzgan.

Shu bois tuman Davlat mehnat huquqi inspektori mudirani MJTKning 49-moddasiga asosan BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.

Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.

Mavzuga oid